So'z sehri...

HikoyalarTanlangan

AYOL QALBI

Mastura Abduraim

2026-yil 9-fevral

1 daqiqa o'qish3ko'rish1 yoqtirish0 izoh
AYOL QALBI

Ayol eridan qattiq hafa bo'lib qovog'ini uyib oldi.

-O'zim olmasam, hecham olib bermaysiz,-dedi qo'lidagi qimmatbaho atirni ko'rsatar ekan. Erkak soniyalar taraddudlanib qoldi. ,,Ehhey, buning puliga boshdan-oyoq kiyinsa bo'ladi-ku! Qirqqa kirib ham, bu xotinni aqli kirmadi-da! Nima kerak ekan-a shu...Endi arazlagani ortiqcha! Nima desam ekan?"-deb o'yladi-yu, tashiga chiqarmadi. Keyin quvlik bilan xotinining qulog'iga shivirladi:

-O'zingni tabiiy iforing yoqadi menga!

Qoshlarini chimirib o'tirgan ayolning shu zahoti yuzi yorishib, ko'zlari quvonchdan porladi. Eriga mehr bilan termulib, atirni joyiga qo'ydi.

,,Xudoga shukr, qutuldim!"-o'yladi erkak.

,,Bilgandim! Hali ham sevadi!"-o'yladi ayol.

Izohlar