Mastura Abduraim

Mastura Abduraim 1980-yil 27- noyabrda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tavallud topgan. Navoiy Tibbiyot bilim yurtini tamomlagan. Asosan nasr yo'nalishida - drabl, hikoya, novella, esselar yozib, yurtimiz hamda xorij gazeta-jurnallari, adabiy saytlarida muntazam e'lon qilinib kelinmoqda. ,,Istisno" esse va hikoyalar to'plami muallifning ilk kitobi....
Muhim bosqichlar
Ilk ijod yo'lini boshladi.
2021-yil boshidan ilk kichik hikoyalarini yoza boshladi. 2021-yil oktyabr oyidan boshlab kichik hikoyalari matbuotda e'lon qilindi. Ilk hikoyalaridan bo'lgan ,,Kitob" va ,,Qaytish" ,,Bekajon" gazetasida bosib chiqildi. Shu tariqa 2026- yilga qadar turli xil gazeta- jurnallar, adabiy saytlarda birin-ketin drabl, hikoya, novella va esselari chop etib chiqarila boshladi. 2021- yil yana ,,Sakura mavsumi", ,,Qaylardasan azizim", ,,Oydagi odam'' hikoyalari va qator drabllari ,,Intellekt" gazetasida chop etildi. 2022-yilda ,,Kulrang palto", ,,Kitobning hasratlari"kabi hikoyalari ,,Samarqand yoshlari" va qator drabllari ,,Ma'naviyat sarchashmasi" gazetalarida bosib chiqildi. 2022-yil oxirlariga kelib ,,Oydagi odam", ,,Tillarang jomadon" hikoyalari ,,Bekajon" gazetasida, ,,Qichqiriq" novellasi esa ,,Sharq yulduzi" jurnalida chop etildi. 2021-2022 yillar hisobidan qator hikoya va esselari ,,Nodirabegim.uz" hamda ,,Muzaffar.uz kabi adabiy saytlarda ommaga taqdim etildi. 2023-yil davomida ,,Tibbiyot va hayot" gazetasida ,,Madadi sino" hikoyasi, Turkiyaning nufuzli halqaro adabiy jurnallaridan biri ,,Gunchel sanat" jurnalida ,,Shafqat ko'lankasi", ,,Tillarang jomadon" hikoyalari turk tilida, ,,Mushtum" jurnalida ,,O'zim tanimagan to'rtinchi bolam" nomli hajviya, ,,Boshsiz qo'g'irchoqlar" hikoyasi ,,Nodirabegim.uz hamda ,,Xabar.uz" saytlarida, ,,Samarqand yoshlari" gazetasida ,,Kitobning hasratlari" nomli hikoya, ,,Oyina.uz" saytida qator drabllari chop etila boshlandi. Mazkur yilda ,,Oyna.uz" portali tomonidan tashkil etilgan ,,Qisqa hikoyalar" tanlovida ikkinchi o'rinni band etib, sertifikat va mukofotlar sohibasi bo'ldi. ,,Nodirabegim.uz" adabiy sayti tashkil etgan ,,O'n kun o'n ijodkor" loyihasida esse va hikoyalari bilan ishtirok etib, adabiyot ixlosmandlari bilan yuzlashdi. Esse va hikoyalari mahalliy hamda xorij adabiy saytlarida muntazam chop etila boshladi. 2024-yil davomida ,,Spektakl davom etadi", ,,Yozmaydigan bo'ldi", ,,Ilhom parisi", ,,Telba falsafalar" ruknidan parchalar va yana ko'plab hajviyalari ,,Mushtum" jurnalida chop etildi. ,,Xabar.uz" saytida ,,Quyosh bolalari" essesi keng jamoatchilikka havola qilindi. Ozarboyjonning ,,Yazarlar" halqaro adabiy saytida ,,Abadiy kapalak" nomli hikoyasi ozarboyjon tilida (Jahongir Namozov tarjimasi) hamda ,,Dilorom" hajviy hikoyasi chop etildi. Bangladesh halqaro adabiy sayti bo'lgan ,,Humayuns Editorial" saytida ,,Agar charchasam"nomli she'ri ingliz tilida berildi. ,,Quyosh bolalari" essesi ,,Tibbiyot va hayot" gazetasida chop etilda va aynan shu esse hamda nashr orqali keng adabiy jamoatchilik nazariga tushdi. 2024- yilni ,,Oydagi odam" hikoyasi turk tilidagi tarjimasi bilan Turkuyaning nufuzli jurnali ,,Gunchel sanat"dagi chiqishi hamda ,,Jahon adabiyoti"jurnalida chop etilgan yapon mumtoz shoirasi Akiko Yosano tankalari tarjimasi (rus tilidan o'zbek tiliga muallif tarjimasi) bilan tugallab berdi.
Adabiyotga ilk qadam - ilk kitob!
,,Abadiy kapalak" hikoyasi Turkiyaning ,,Gunche yayinlari" nashriyotida o'zbek ijodkorlarining ,,So'zga oshiq ko'ngillar" nomli antalogiya kitobida turk tilida (Tarjimon Jahongir Nomozov) chop etildi. Mazkur yilni adiba uchun omad yiliga aylanishi, ilk adabiy farzandi-kitobi chop etilishiga sababchi bo'lgan ,,Qanot" loyihasidan taklif kelib tushdi va muallif esse hamda hikoyalari asosida taqrizlar va audiolar tanloviga start berildi. Goliblarga pul hamda kitoblar to'plamlari mukofotlari qo'yildi. Tanlov toki kitob chop etilib taqdim etilgunga qadar davom ettirildi. ,,Saodat" jurnalida ,,Tekin kalendar" hajviy hikoyasi hamda ,,Tibbiyot va hayot gazetasida bir qator qisqa hikoyalari chop etildi. Vanihoyat, aprel oyida ilk kitobi bo'lgan esse va hikoyalar to'plami ,,ISTISNO" homiylik asosida chop etib chiqarildi. 2025- yil 20-may kuni (yana yili bilan to'liq yozishni istadim) ,,ISTISNO" kitobining ,,Qanot" loyihasi tomonidan uyushtirilgan katta taqdimoti bo'lib o'tdi. Taniqli yozuvchi va shoirlar, jurnalist, matbuot xodimlari, tanlov ishtirokchilari tashrif buyurgan taqdimot qizg'in va ajoyib ruhda o'tdi. Kitob keng ommaga taqdim etildi, muallif ijodi va yangi kitob haqida fikrlar bildirildi. G'oliblarga pul mukofoti hamda kitoblar to'plamlari sovg'a qilindi. Mehmonlarga ,,ISTISNO" kitobi sovg'a qilindi. Loyiha tomonidan kitoblar oliygohlar va maktablarga ham tarqatrildi. ,,Ijod chashmasi" jurnalida drabll, ,,Telba falsafalar" ruknidan aforizmlari va adibaning mazkur jurnal hamda teatr haqidagi fikr-mulohazalari berib borildi. Ozarboyjonda o'tkazilgan kitoblar festivali munosabati bilan o'zbek ijodkorlari asrlaridan iborat bo'lgan ,,O'zbekistan incileri" antalogiyasida adibaning ,,Quyosh bolalari" essesi hamda ,,Istisno" hikoyasi ozar tilida chop etildi. ,,Turon" kutubxonasi tashabbusi bilan ,,Istisno" kitobining ikkinchi taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotda harbiy soha vakillari, ijodkorlar, adabiyotsevar muxlislar hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Adabiyot va ijod haqidagi qizg'in suhbatlar, adabiy viktorina, kitoblar to'plamlari sovg'a etilishi taqdimotni yanada jonli o'tishiga zamin bo'ldi. ,,Ijod chashmasi" jurnali, matbuot va ijtimoiy-adabiy saytlarda ,,Qanot" loyihasi va ,,Istisno" haqida yoritildi.
Ijod jarayoni...
Hozircha huddi xotira yondaftarga belgilab qo'ygan kabi yozib qo'yaman: Shu yil hisobidan kam deganda ikkita kitobim chop etilishi kerak va yana, kam deganda ikki qo'lyozmalik esse va hikoyalar yozib yana 3 ta kitobni (hajviyalarim ham bor) nashrga tayyorlab qo'yishim kerak. Romanlarim - oo, bu meni bosh og'riqlarim! Ularni yozilmadi deganda ikkidan bir qismini yozib tugallashim shart! Nasib, omon bo'lsak...
Asarlarni o'qing
Yozuvchining barcha asarlari bilan tanishing va qalbingizni boyiting.
Barcha asarlar →